Iqtisod

Akbar Qurbonov “O‘zkimyosanoat” raisining o‘rinbosari lavozimini tark etdi

Akbar Qurbonov “O‘zkimyosanoat” raisining o‘rinbosari lavozimini tark etdi
Akbar Qurbonov “O‘zkimyosanoat” raisining o‘rinbosari lavozimini tark etdi / Foto: “O‘zkimyosanoat” AJ.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Akbar Qurbonov “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining investitsiya faoliyati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ozod etildi.

Qurbonov kompaniyada faoliyat yuritgan davrida investitsiya yo‘nalishini rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda kimyo sanoatining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish bilan shug‘ullangan.

“O‘zkimyosanoat”da qayd etilishicha, u zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va xorijiy hamkorlar bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shgan.

Kompaniya jamoasi Akbar Qurbonovga professional faoliyati, ishga masʼuliyatli munosabati va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi hamda kasbiy faoliyatining yangi bosqichida unga muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.