Aguero Xusanovni yuqori baholadi va salohiyatini taʼkidladi
Aguero Xusanovni yuqori baholadi va salohiyatini taʼkidladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Manchester Siti» klubining sobiq hujumchisi va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purari Serxio Aguero o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Xusanovning o‘yini haqida ijobiy fikr bildirdi.
Stake platformasiga bergan intervyusida argentinalik futbolchi himoyachining tezligi va agressiv o‘yin uslubini alohida taʼkidlab, uning yuqori salohiyati va rivojlanish istiqbollarini qayd etdi. Shu bilan birga, Aguero futbolchining darajasini to‘liq baholash uchun u bir necha mavsum davomida barqaror o‘yin ko‘rsatishi muhimligini taʼkidladi.
Sobiq hujumchining so‘zlariga ko‘ra, Xusanov hozirgi o‘yin darajasini uch-to‘rt yil davomida saqlab qolsa, dunyodagi eng yaxshi himoyachilar qatoriga kirishi mumkin. U shuningdek, hozirgi kunda jahon futbolida yuqori darajada uzoq muddat barqaror o‘yin namoyish etayotgan futbolchilar ham borligini qayd etdi.
Aguero Xusanovning «Manchester Siti» tarkibida bo‘lishi jamoa uchun ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab, uning klubning joriy o‘yinlaridagi hissasini alohida qayd etdi.
Joriy mavsumda Abduqodir Xusanov ingliz klubining asosiy tarkibida mustahkam o‘rin egallab, himoya chizig‘ining muhim bo‘g‘inlaridan biriga aylandi.
#Abduqodir Husanov