ACWA Power infratuzilma loyihalarini sug'urtalashni muhokama qildi
ACWA Power infratuzilma loyihalarini sug'urtalashni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ACWA Power kompaniyasi tomonidan yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish doirasida sug‘urta va qayta sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Muhokamalar davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: sug‘urta bozorining dolzarb tendensiyalari, risklarni taqsimlash mexanizmlari, energetika loyihalarida sug‘urtaning o‘rni, qayta sug‘urta quvvatlarining mavjudligi, tarif shakllantirish yondashuvlari va global omillarning taʼsiri.
Shuningdek, sug‘urta sohasini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba hamda uni milliy sharoitlarga moslashtirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Spikerlar qatorida sug‘urta bozorini tartibga soluvchi organ, xalqaro sug‘urta brokeri Marsh hamda konsalting kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir yakunida sug‘urta va qayta sug‘urta bozorini yana-da rivojlantirish, shuningdek davlat organlari, investorlar va bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.