O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 1,15 mln tonna meva va rezavorlar yetishtirildi

Dilafro'z Niyazova · 10.08.2025 · 21:22 · 558 views
2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 1,15 mln tonna meva va rezavorlar yetishtirildi
2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 1,15 mln tonna meva va rezavorlar yetishtirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 151,3 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 % ga oshgan.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ularning hajmi quyidagicha:

fermer xo‘jaliklarida – 463,9 ming tonna

dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida – 661,3 ming tonna

qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 26,1 ming tonna