Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston tijorat banklari 2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, «Kambağallikdan farovonlik sari» dasturi doirasida jami 35,9 mlrd sömlik 2 362 ta kredit ajratdi.
Mablağlar aholi daromad manbalarini kengaytiriş, özini özi band qiliş va kiçik işlab çiqarişni rivojlantiriş maqsadida uskunalar hamda boşqa asosiy vositalarni xarid qilişga yönaltirilgan.
Mablağlarning eng katta qismi tikuvçilik uskunalarini sotib oliş uçun ajratilgan. Jumladan, 925 ta tikuv maşinasini xarid qiliş 13,2 mlrd sömlik kreditlar hisobidan moliyalaştirilgan. Yana 419 dona oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş uskunasini xarid qiliş uçun 7,1 mlrd söm yönaltirilgan.
Bundan taşqari, kreditlar hisobiga 5,6 mlrd sömga 496 ta noutbuk va 5,4 mlrd sömga 272 ta mototransport vositasi sotib olingan. Boşqa turdagi 250 ta asosiy vositani xarid qiliş uçun esa 4,5 mlrd söm ajratilgan.
Kredit ajratiş hajmi böyiça banklar orasida Xalq banki yetakçilik qilmoqda. Bank tomonidan 23,6 mlrd sömlik 1 587 ta kredit berilgan. Mikrokreditbank 8,6 mlrd sömlik 569 ta, Agrobank esa 3,6 mlrd sömlik 206 ta kredit ajratgan.
Hududlar kesimida eng köp kredit Jizzax viloyatida — 321 ta ajratilgan. Keyingi örinlarda 307 ta kredit bilan Toşkent viloyati va 262 ta kredit bilan Sirdaryo viloyati qayd etilgan.
Dastur aholining tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, oilalar daromadini oşiriş hamda faoliyat yuritiş uçun uskunalar va boşqa vositalarni xarid qiliş orqali qöşimça daromad manbalarini yaratişni nazarda tutadi.