Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Portugaliyaga işçi taşrifi davomida Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubining sobiq himoyaçisi, Pepe nomi bilan tanilgan Kepler Laveran de Lima Ferreyra bilan uçraşdi.
Mamatqulov futbolçini Özbekistonga taklif qildi. Pepe yaqin vaqt içida Toşkentga keliş istagini bildirdi. Bu haqda Özbekiston futzal federatsiyasi xabar berdi.
Uçraşuvda “Portu” futbol klubi prezidentining maslahatçisi Ugu Nuneş ham iştirok etdi.
Tomonlar sport orqali Özbekiston va Portugaliya örtasidagi döstona aloqalarni mustahkamlaş, futbol va futzal sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş hamda tajriba almaşiş masalalarini muhokama qildi.
Şuningdek, jahon futbolida maşhur bölgan futbolçilar bilan hamkorlik qiliş orqali özbek futzalining xalqaro nufuzini oşiriş masalasiga e’tibor qaratildi.
Uçraşuv iştirokçilari Portugaliya tajribasidan Özbekistonda futzalni rivojlantirişda foydalaniş imkoniyatlari yuzasidan ham fikr almaşdi.
Mutaxassislar örtasidagi professional aloqalarni kengaytiriş va kelgusida qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida tomonlar sport, xususan, futbol va futzal sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanliklarini bildirdi.