O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Zangiota tumanida MOL savdo markazi quriladi

UzDaily · 18.06.2026 · 10:40 · 36 views
Zangiota tumanida MOL savdo markazi quriladi

Zangiota tumanida MOL savdo markazi quriladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov Xitoy Xalq Respublikasining ST Wonderful (Hong Kong) Co., Ltd. kompaniyasi rahbari Fan Syaotszyun hamda kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tumanning investitsiyaviy salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar qiymati 11,5 million AQSh dollariga teng zamonaviy Lifestyle savdo kompleksi - MOL ( "Bogʻzor" MFY hududida) loyihasini Zangiota tumanida amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.

Mazkur loyiha hududda zamonaviy savdo infratuzilmasini shakllantirish, aholi uchun qulay xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tumanning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

UzDaily · 👁 36 views · 18.06.2026 · 10:40