Yosh oʻzbek bokschilari Osiyo chempionatida gʻolib boʻlishdi

Yosh oʻzbek bokschilari Osiyo chempionatida gʻolib boʻlishdi

Yosh oʻzbek bokschilari Osiyo chempionatida gʻolib boʻlishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston boks jamoasi 15 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida umumiy hisobda birinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekistonlik bokschilar 27 ta medalni qoʻlga kiritib, barcha turnir ishtirokchilari orasida eng yaxshi natijalarga erishdilar.

Fayozbek Noraliev (-37 kg), Jasurbek Xayrullaev (-40 kg), Mansurbek Abduxamitov (-46 kg), Sardorbek Omonboev (-49 kg), Javoxir Nematjonov (-52 kg), Samandar Juraboev (-64 kg) va Ibrohim Mirzakarimov (+70 kg) oʻz vazn toifalarida Osiyo chempionlari boʻlishdi.

Qizlar o‘rtasida Odina Yusupova (-33 kg), Sarvinoz Zoirova (-35 kg), Zebiniso Abdullaeva (-49 kg), Baxora Maxmudjonova (-55 kg), Malika Ulug‘bekova (-64 kg), Zaxro Doniyorova (+70 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Kumush medal sohiblari: Boburmirzo Murodov (-55 kg), Abdulloh Karimjonov (-58 kg), Azizbek Egamberganov (-61 kg), Ulmasbek Satimov (-70 kg), Ominaxon Nosirova (-40 kg), Muqaddas Zokirova (-58 kg), Shaxona Mullajonova (-67 kg), Barxonatbeg (-67 kg).

Bronza medallarini Shamshod Komilov (-33 kg), Adizbek Ilhombekov (-43 kg), Bobur Niyozov (-67 kg), Sarvinoz Risqulova (-37 kg), Nargiza Serikboyeva (-43 kg) va Zuxra Ismoilova (-61 kg) qo‘lga kiritdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling