«Yangi Avlod» sanoat zonasida yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
«Yangi Avlod» sanoat zonasida yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida «Yangi Avlod» maxsus sanoat zonasi rahbariyati, Sergeli tumani hokimligi hamda Xitoyning ZHONG XIN STEEL kompaniyasi o‘rtasida uch tomonlama investitsiya kelishuvi imzolandi.
Investitsiya loyihasining umumiy qiymati 3,1 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Imzolangan hujjat poytaxt sanoat tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, xalqaro sanoat hamkorligini yana-da kengaytirish hamda hududning ishlab chiqarish salohiyatini sifat jihatidan oshirishga qaratilgan.
Kelishuv doirasida maxsus sanoat zonasi hududida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu esa qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, zamonaviy xorijiy texnologiyalarni mahalliy ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish imkonini beradi.