O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Xusanov «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritildi

UzDaily · 04.09.2025 · 10:55 · 6325 views
Xusanov «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritildi

Xusanov «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbek himoyachisi Abduqodir Xusanov «Manchester Siti»ning yangi mavsum Chempionlar Ligasi uchun qaydnomasiga kiritildi, deya xabar bermoqda klubning rasmiy sayti.

Xusanovdan tashqari ro‘yxatda Rayan Ait-Nuri, Natan Ake, Markus Bettinelli, Oskar Bobb, Rayan Sherki, Ruben Diash, Jeremi Doku, Janluiji Donnarumma, Fil Foden, Niko Gonsales, Yoshko Gvardiol, Erling Xoland, Rodri, Mateo Kovachich, Omar Marmush, Mateus Nunes, Shtefan Ortega, Tidjani Reynders, Savinyo, Bernardu Silva, Jon Stouns va Jeyms Trafford ham bor.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasining guruh bosqichida «Manchester Siti» Dortmundning “Borussiya”si, Madridning “Real”i, “Bayer”, “Vilyarreal”, “Napoli”, “Budyo-Glimt”, “Galatasaray” va “Monako”ga qarshi maydonga tushadi.

UzDaily · 👁 6325 views · 04.09.2025 · 10:55