O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

Xorazm va Turkiston viloyatlari turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

UzDaily · 07.11.2025 · 16:38 · 8454 views
Xorazm va Turkiston viloyatlari turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Xorazm va Turkiston viloyatlari turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherovni qabul qildi.

Muloqot jarayonida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, madaniy va gastronomik turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Turkiston viloyati delegatsiyasi tashrifi doirasida biznes vakillari va tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihalar taqdimot qilindi.

UzDaily · 👁 8454 views · 07.11.2025 · 16:38