Xitoyning Ecopioner kompaniyasi Farg‘onada shamol elektr stansiyasi loyihasini muhokama qildi

Xitoyning Ecopioner kompaniyasi Farg‘onada shamol elektr stansiyasi loyihasini muhokama qildi

Xitoyning Ecopioner kompaniyasi Farg‘onada shamol elektr stansiyasi loyihasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Ecopioneer Storage Hk Science & Technology Limited” kompaniyasi rahbari Min Zunsyanni qabul qildi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Bu esa ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatimizda shakllangan qulay investitsiya muhiti xorijiy sarmoyadorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Xususan, Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan xitoylik investorlar soni yil sayin ortib borayotgani qayd etildi. 

Muloqot davomida kompaniya tomonidan taklif etilayotgan shamol elektr stansiyasini tashkil etish loyiha taklifi bo‘yicha fikr almashildi.

Viloyat hokimi istiqbolli tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, kompaniyaning zamonaviy texnologiyalar va energiyani saqlash sohasidagi boy tajribasi loyihalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishligini taʼkidlab o‘tdi.

Uchrashuv yakunida kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab olindi va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling