Xitoy O'zbekistondan quritilgan sabzavotlarni import qilishni boshladi
Xitoy O'zbekistondan quritilgan sabzavotlarni import qilishni boshladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy hukumati O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni import qilishga ruxsat berdi.
May oyi boshida idora vakillari hukumat delegatsiyasi tarkibida Xitoyga tashrif buyurgan. Tashrif doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, natijada qator mahsulot turlari bo‘yicha fitosanitar ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.
Import qilishga ruxsat berilgan quritilgan sabzavotlar ro‘yxatiga sabzi, lavlagi, pomidor, turp, baqlajon, kabachki, qovoq, piyoz, sarimsoq va ko‘katlar kiritilgan.
Mazkur mahsulotlarni eksport qilish uchun o‘zbekistonlik korxonalar Xitoy tomoni tasdiqlaydigan importyorlar ro‘yxatiga kiritilishi lozim. Shuningdek, fitosanitar sertifikat mavjudligi hamda karantin zararkunandalari va organizmlari yo‘qligi tasdiqlanishi majburiy shart hisoblanadi.
Avvalroq, aprel oyida Pokiston hukumati O‘zbekistondan yangi olma, limon, anjir va achchiq qalampir yetkazib berishga saqlash va qadoqlash talablariga rioya qilingan holda ruxsat bergan edi. Shundan so‘ng Pokistonga eksport qilishga ruxsat berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari soni 29 taga yetgan.