O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

WB INT EXPORT investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha litsenziya oldi

UzDaily · 26.11.2025 · 14:45 · 1682 views
WB INT EXPORT investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha litsenziya oldi

WB INT EXPORT investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha litsenziya oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy istiqbolli loyihalar agentligi «WB INT EXPORT» MCHJga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziya berganini maʼlum qildi.

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, ruxsatnoma maxsus elektron tizim orqali alohida faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi yagona nizomga muvofiq rasmiylashtirilgan (ro‘yxat № 80, 2022 yil 21 fevral).

Agentlikda taʼkidlanishicha, yangi litsenziya to‘g‘risidagi maʼlumotlar qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari elektron reyestriga kiritilgan bo‘lib, u regulyatorning rasmiy saytida joylashtirilgan.

UzDaily · 👁 1682 views · 26.11.2025 · 14:45