Vengriyaning ishchi viza berish tizimi soddalashishi mumkin
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Budapesht shahrida bo‘lib, bir qator vazirlik va idoralar masʼullari, mahalliy rekruting kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashning yangi istiqbollarini muhokama qilishdi.
Tomonlar, ushbu davlatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimizga viza berish tartibini soddalashtirish istiqbollarini birgalikda o‘rganishga kelishib oldi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi safar davomida, Vengriyadagi yurtdoshlarimiz bilan ham uchrashdi.