O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Uzautotrans Service 23-fevral kuni Toshkent-Sankt-Peterburg avtobus qatnovini ishga tushiradi

UzDaily · 04.02.2026 · 09:15 · 620 views
Uzautotrans Service 23-fevral kuni Toshkent-Sankt-Peterburg avtobus qatnovini ishga tushiradi

Uzautotrans Service 23-fevral kuni Toshkent-Sankt-Peterburg avtobus qatnovini ishga tushiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 23-fevral kunidan "Uzautotrans service" korxonasi Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni boshlaydi.

Mazkur yo‘nalishda qatnovlar haftada ikki marotaba, dushanba va juma kunlari bajariladi.

Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 23-fevral kuni soat 17:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi 1 200 000 so‘m.

Sankt-Peterburg avtovokzaligacha bo‘lgan yo‘lda oraliq to‘xtash Moskva shahri “Novoyasenevskaya” avtovokzalida amalga oshiriladi.

Toshkentga qaytish reyslari ham haftaning dushanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar Sankt-Peterburg avtovokzalidan mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da jo‘naydi.

UzDaily · 👁 620 views · 04.02.2026 · 09:15