O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogi boshlandi

Dilafro'z Niyazova · 29.05.2026 · 09:55 · 884 views
Toshkentda dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogi boshlandi
Toshkentda dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogi start oldi. Musobaqalar «Olimpiya shaharchasi» hududida o‘tkazilmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, turnirda 11 davlatdan 1200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

Musobaqa dasturiga muvofiq, 28–29 may kunlari o‘smirlar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. 30–31 may kunlari esa yoshlar toifasidagi sportchilar bahs olib boradi.