O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkentda Amerika-Oʻzbekiston biznes forumi boʻlib oʻtdi

UzDaily · 17.06.2026 · 10:30 · 30 views
Toshkentda Amerika-Oʻzbekiston biznes forumi boʻlib oʻtdi

Toshkentda Amerika-Oʻzbekiston biznes forumi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 16-iyun kuni V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazining “Qo‘qon” zalida AQSH–O‘zbekiston biznes-forumi tashkil etildi.

Rus va ingliz tillariga sinxron tarjima qilingan ushbu tadbir ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, strategik tarmoqlarda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratildi.

ISSV rahbari Laziz Kudratov AQSHning 193 ta kompaniyasi ishtirokini tarixiy rekord sifatida qayd etib, bu Amerika biznesining O‘zbekistonni uzoq muddatli strategik hamkor sifatida ko‘rayotganini ta’kidladi.

Forum “Innovatsiyalar, investitsiyalar va ish o‘rinlari: O‘zbekiston–AQSH hamkorligining yangi imkoniyatlari” mavzusidagi yuqori darajali panel sessiya va “Fireside Chat” formatidagi muhokamalar bilan boshlandi.

AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) va AQSH Eksport-import banki (EXIM) vakillari Markaziy Osiyoning ulkan salohiyati hamda uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini qayd etdilar.

Shuningdek, “Muhim foydali qazilmalar va ilg‘or texnologiyalar” mavzusidagi panel sessiyalarda global kompaniyalar vakillari O‘zbekiston bozoridagi istiqbolli loyihalar va sanoat rivoji bo‘yicha fikr almashdilar.

Forum yakunida sanoat, neft-gaz, moliya, aviatsiya, geologiya, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va raqamli infratuzilma sohalarida qator hujjatlar imzolandi.

UzDaily · 👁 30 views · 17.06.2026 · 10:30