O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Toshkent viloyatida “Yusufxona” va “Sijjak” mahallalarini bog‘lovchi osma ko‘prik quriladi

Dilafro'z Niyazova · 19.04.2025 · 16:35 · 680 views
Toshkent viloyatida “Yusufxona” va “Sijjak” mahallalarini bog‘lovchi osma ko‘prik quriladi
Toshkent viloyatida “Yusufxona” va “Sijjak” mahallalarini bog‘lovchi osma ko‘prik quriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatida osma ko‘prik barpo etish rejalashtirilmoqda.

“O‘zbekiston-24” telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov maʼlum qilishicha, ko‘prikning uzunligi 377 metrni tashkil etadi va u “Yusufxona” hamda “Sijjak” mahallalarini bog‘laydi.

Uning taʼkidlashicha, ko‘prikning maʼlum qismi shisha konstruksiyadan tayyorlanadi.

Loyihani amalga oshirish uchun Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlarning tajribali kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilgan.