O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkent metrosida poyezd bilan nosozlik sodir bo‘ldi

Dilafro'z Niyazova · 09.01.2025 · 21:39 · 590 views
Toshkent metrosida poyezd bilan nosozlik sodir bo‘ldi
Toshkent metrosida poyezd bilan nosozlik sodir bo‘ldi (Surat: kun.uz)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9-yanvar kuni Toshkent metrosida poyezdda nosozlik kuzatildi.

«Toshkent metropoliteni» matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa soat 11:51 lar atrofida Mirzo Ulug‘bek bekatiga harakatlanib kelgan 29-sonli harakat tarkibida mashinist tomonidan nosozlik aniqlangan.

Shu sababli poyezddagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va yo‘nalishdagi intervalga ta’sir qilmagan holda ushbu harakat tarkibidagi nosozlikni aniqlash hamda uni bartaraf etish maqsadida tekshiruv yo‘lagi tomon yuborilgan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.