Tibbiyot sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari kosmetika ishlab chiqaruvchilari bilan muloqot o'tkazdi
Tibbiyot sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari kosmetika ishlab chiqaruvchilari bilan muloqot o'tkazdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan kosmetika sanoatida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda ularning yechimlarini ishlab chiqish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda “Eclair” MCHJ hamda “Dewell” brendi vakillari ishtirok etib, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, xomashyo taʼminoti, import tartib-taomillari, logistika masalalari hamda texnik jihatdan tartibga solish talablari yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot davomida soha vakillari tomonidan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yana-da yaxshilash, eksport salohiyatini kengaytirish va xalqaro standartlarga muvofiqlashishga qaratilgan bir qator taklif va tashabbuslar bildirildi.
Xususan, ayrim turdagi xomashyolarni import qilish bilan bog‘liq talablarni qayta ko‘rib chiqish hamda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ko‘tarilgan masalalarni tizimli hal etish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va sohani yana-da rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, davlat organlari va biznes hamjamiyati o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, sohada mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.