Tanzila Narbaeva parlament a'zolari bilan uchrashuvlar o'tkazdi

Tanzila Narbaeva parlament a'zolari bilan uchrashuvlar o'tkazdi

Tanzila Narbaeva parlament a'zolari bilan uchrashuvlar o'tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Istanbul shahrida Ozarbayjon va Belarus parlamentlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida parlamentlararo munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan ikkinchi O‘zbekiston – Ozarbayjon parlamentlararo forumini tashkil etish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sergey Aleynik bilan uchrashuv davomida ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Jumladan, navbatdagi O‘zbekiston – Belarus parlamentlararo forumini, parlament rahbarlari uchrashuvlarini, Yosh parlament aʼzolari forumini tashkil etish hamda hududiy vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar davomida parlamentlararo forumlar va parlament komissiyalari ikki tomonlama munosabatlarning amaliy va samarali mexanizmlari sifatida alohida ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling