Shveysariya JCH-2026da Bosniyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi
Shveysariya JCH-2026da Bosniyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichi ikkinchi turida Shveysariya terma jamoasi Bosniya va Gersegovina ustidan 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Uchrashuv AQSHning Kaliforniya shtatidagi Inglvud shahrida bo‘lib o‘tdi.
O‘yinda hisob ikkinchi bo‘limda ochildi va uchrashuv davomida ustunlik shveysariyaliklar tomonida bo‘ldi. Yoxan Manzambi 74 va 90-daqiqalarda gol urib dubl qayd etdi. Yana bir golni 84-daqiqada Ruben Vargas kiritdi. Qo‘shimcha vaqtning 90+7-daqiqasida esa Granit Jaka penaltini aniq amalga oshirdi.
Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida yagona golni 90+3-daqiqada Emin Mahmich kiritdi. 80-daqiqada esa jamoa himoyachisi Tarik Muharemovich maydondan chetlatilganidan keyin bosniyaliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Shveysariya V guruhida 4 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Keyingi o‘rinlarda bir ochkodan jamg‘argan Kanada, Bosniya va Gersegovina hamda Qatar terma jamoalari joylashgan.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Shveysariya Kanadaga qarshi bahs olib boradi. Bosniya va Gersegovina esa Qatar terma jamoasi bilan uchrashadi. Ushbu o‘yinlar 24 iyun kuniga belgilangan.