O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Shomurodovning goli JCH guruh bosqichida eng yaxshisi deb topildi

UzDaily tahririyati · 01.07.2026 · 10:55 · 27 views
Shomurodovning goli JCH guruh bosqichida eng yaxshisi deb topildi

Shomurodovning goli JCH guruh bosqichida eng yaxshisi deb topildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo terma jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritgan goli FIFA tomonidan tashkil etilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi goli deb topildi.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi tomonidan kiritilgan gol eng ko‘p qo‘llab-quvvatlashga erishdi.

Ovoz berish jarayonida Shomurodovning goli Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kiritgan gollardan ko‘ra ko‘proq ovoz to‘pladi.

G‘olib FIFA tomonidan muxlislar o‘rtasida tashkil etilgan ochiq ovoz berish natijalari asosida aniqlandi.