Shomurodov “Bashakshexir” safida to‘rtinchi golini urdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi kapitani Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida Istanbulning “Bashakshexir” klubi safida to‘rtta o‘yinda to‘rtinchi golini urdi. To‘rtinchi turda jamoa o‘z maydonida “Galatasaray”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
16-daqiqada “Galatasaray” hujumchisi Viktor Osimxen hisobni ochdi. Shomurodov 66-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
Besh daqiqa o‘tib, Lukas Torreyra “Galatasaray”ni yana oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada jamoa himoyachisi Devinson Sanches to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi va hisob yana tenglashdi.
Uchrashuv yakuniga yaqin hal qiluvchi golni Gabriel Sara urdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “Bashakshexir”ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 74 daqiqa harakat qildi. Shundan so‘ng u almashtirildi.