O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Dilafro'z Niyazova · 15.04.2026 · 16:10 · 601 views
Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.

Mamlakatda bo‘lish dasturi doirasida uning O‘zbekiston Respublikasi oliy rahbariyati bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik asosida izchil rivojlanib bormoqda.

Ushbu hamkorlik ikki davlat yetakchilarining siyosiy irodasi va muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlari tufayli mustahkamlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyitilmoqda.