O‘zbekiston

Serbiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Serbiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
Serbiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Ikki davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng davlat rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boshlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.