O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Serbiya O‘zbekiston fuqarolari uchun mehnat bozorini ochmoqda

Dilafro'z Niyazova · 09.09.2026 · 17:00 · 33 views
Serbiya O‘zbekiston fuqarolari uchun mehnat bozorini ochmoqda
Serbiya O‘zbekiston fuqarolari uchun mehnat bozorini ochmoqda / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Serbiya mehnat mobilligi va mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi yangi kelishuv doirasida O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Serbiya Mehnat, bandlik, veteranlar va ijtimoiy masalalar vaziri Militsa Djurdjevich Stamenkovski hujjatni tarixiy deb atab, uni ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi ahamiyatini taʼkidladi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kelishuv Serbiya xorijiy davlat bilan imzolagan ilk shu turdagi hujjat bo‘ldi. U Belgradning O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilayotganidan dalolat sifatida baholangan.

Stamenkovski kelishuv Serbiyada ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari uchun tizimli kafolatlarni nazarda tutishini taʼkidladi. Xususan, o‘zbekistonlik mutaxassislar serbiyalik xodimlar bilan bir xil huquqlarga ega bo‘ladi.

Yaqin yillarda “Expo” ko‘rgazmasining o‘tkazilishi munosabati bilan mamlakatda ishchi kuchiga bo‘lgan qo‘shimcha talab yuzaga kelishi kutilmoqda. Vazirning taʼkidlashicha, Serbiyaga mehnatsevar, malakali va vijdonli mutaxassislar, jumladan, O‘zbekistondan keladigan kadrlar ham kerak bo‘ladi.

Ayni vaqtda mamlakatlar erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan amalga oshirishga kirishmoqda. O‘zbekiston Migratsiya agentligi qo‘shimcha xodimlarga ehtiyoj sezayotgan serbiyalik kompaniyalar bilan bevosita muzokaralar olib bormoqda.

Ushbu ishni jadallashtirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

Stamenkovski Serbiyada minimal ish haqi miqdorida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ham maʼlumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2027 yil boshidan minimal ish haqi 600 yevroni tashkil etishi, yil oxiriga kelib esa 650 yevroga oshishi kutilmoqda.

Serbiya vaziri imzolangan kelishuvning mamlakat uchun o‘ziga xos ahamiyatini alohida taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Serbiya bunday turdagi shartnomani imzolagan birinchi va yagona davlat bo‘lib qolmoqda.

Ayni paytda Serbiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari haqida gapirar ekan, Stamenkovski qonun buzilishi holatlari qayd etilmaganini taʼkidladi.

Uning aytishicha, O‘zbekiston fuqarolari mezbon mamlakat qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda. Ikki davlat xalqlarini esa mehmondo‘stlik va o‘zaro hurmat birlashtirib turadi.