O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Veolia Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvalini eʼlon qildi

Dilafro'z Niyazova · 09.09.2026 · 17:30 · 39 views
Veolia Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvalini eʼlon qildi
Veolia Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvalini eʼlon qildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Veolia Energy Tashkent Toshkentda issiq suvni rejali ravishda besh kunga o‘chirish jadvalini eʼlon qildi. Issiq suv taʼminotidagi cheklovlar 14 sentyabrdan 16 oktyabrgacha bo‘lgan davrda bosqichma-bosqich, issiqlik taʼminoti zonasiga qarab amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich 14–18 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Ushbu davrda ishlar TS-2, TS-7 va Toshkent issiqlik elektr markaziga ulangan isteʼmolchilarga taʼsir qiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida Avayxon, Yangi Avayxon, Minglola, Alisher Navoiy, Yangi O‘zbekiston, Shukura Burxonova, Gulsanam, Sultoniya, Chimyon, Sho‘rtepa, Bahor, Katta Yalang‘och ota, Shalola, Kamolot, Yangi Kamolot va Feruza mahallalarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi.

Yashnobod tumanida Urtamasjid, Uysozlar, Xosiyatli, Barkamol, Beshariq, Asalobod, Fazogir, Aviasozlar, Yashnobod, Tarnovboshi, Yanginur, Donishmand, Iltifot, Parvoz, Dilbog‘, Birlashgan, Navro‘zobod, Qadriyat, Aliment, Mahmur, Tong, Vatandosh, Al-Buxoriy, Mohinur, Tuzel, Amir Temur, Cho‘lpon va To‘ytepa mahallalari ro‘yxatga kiritilgan.

Yakkasaroy tumanida Armug‘on, Qo‘shbegi, Boshliq, Dilbuloq, Muhandislar, Yakkasaroy, To‘qimachi, Meros, Rakat, Shohjahon, Belariq, Rakatboshi, Tyopa, Konstitutsiya, Yunus Rajabiy, Bog‘saroy va Hamid Sulaymonov mahallalarida ishlar amalga oshiriladi.

Mirabod tumanida Mirabod, Yangi Mirabod, Baynalminal, Salar, Abdulla Avloniy, Lolazor, Movarounnahr, Ming O‘rik, Farovon, At-Termiziy, Afrosiyob va Sharaf Rashidov mahallalari jadvalga kiritilgan.

Chilonzor tumanida Katta Do‘mbirabod, Gavhar, Do‘mbirabod, Katta Chilonzor-1, 2 va 3, Novza, Chilonzor, Charx Kamolon-2 va 3, Ko‘rkam mahallalari, shuningdek, Lutfiy, Botirma va Zarqo‘rg‘on mahallalarining ayrim qismlarida issiq suv o‘chiriladi.

Bundan tashqari, ushbu davrda Shayxontohur tumanidagi Katta Oktepa, Olim Xo‘jayev va Charxnovza, shuningdek, Sergeli tumanidagi Uchuvchilar va Oltinvodiy mahallalarida ham taʼminot cheklanadi.

21–25 sentyabr kunlari TS-1 va TS-3 obyektlarida profilaktika ishlari o‘tkaziladi. Mirzo Ulug‘bek tumanida Buz, Lashkarbegi, Bog‘imaydon, Darxon, Habib Abdullayev, Turon, Navnihol, Alpomish, Shahriobod, Yangi Olmachi, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik, Buyuk Ipak Yo‘li, Podshobog‘, Elobod, Hamid Olimjon, Mirzakalon Ismoiliy, Sayram, Oliyhimmat, Olimlar va Oydin mahallalari ro‘yxatga kiritilgan.

Yashnobod tumanida Boyqo‘rg‘on, Semurg‘, Mashinasozlar, Istiqlol va Do‘stobod mahallalarida issiq suv o‘chirilishi rejalashtirilgan. Yunusobod tumanida esa Obod va Posira mahallalarida taʼminot vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu davrda eng keng ro‘yxat Shayxontohur tumaniga to‘g‘ri keladi. Unda Sarxumdon, G‘ulabad, Obinazir, Bog‘ko‘cha, Ilg‘or, Zafarabod, Bo‘ston, Tinchlik, Chorsu, Qoratosh, Chaqar, Yangi Kamolon, Kamolon Darvoza, Kamolon, Hadra, Gulbozor, O‘rda va Shayxontohur mahallalari bor.

Olmazor tumanida Chustiy, Quyosh, Orzu, Allon, Ziyo, Bo‘stonobod, shuningdek, Istiqbol va Universitet mahallalarining ayrim qismlari jadvalga kiritilgan. Chilonzor tumanida esa Beshog‘och va Katta Olmazor mahallalarida ishlar amalga oshiriladi.

Keyingi bosqich 28 sentyabrdan 2 oktyabrgacha rejalashtirilgan. TS-4dagi ishlar Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining qator mahallalariga taʼsir qiladi.

Yunusobod tumanida ro‘yxatdan Turkiston, Qo‘shchinor, G‘ayratiy, Husniobod, Adolat, Billur, Astrobod, Sobirobod, Uch Qahramon, Nurmakon, Mingchinor, Bog‘ishamol, Bog‘ieram, Halqabog‘, Muruvvat, Ahmad Donish, O‘zbekiston Mustaqilligi, Yunus Ota, Yangibog‘, Ahilobod, Sevinch, Yurtobod, Uvaysiy, Shoshtepa, Mehnatobod, Begubor, Qadrdon, Akbarobod, Yunusobod, Shahriston, Otchopar-1, Minor, Iftixor, Usta-Shirin, Xiyobontepa, Bozsuv, Yangitarnov, Shayx-Shivli, Mirzo Ulug‘bek, Matonat, Buyuk Turon va Qashg‘ar mahallalari o‘rin olgan.

Olmazor tumanida ushbu davrda Sebzor, Yangi Sebzor, Yuqori Sebzor, Chilto‘g‘on, Xonchorbog‘, Miskin, Taraqqiyot, Qorasoy, Guruch ariq, Kichkirik, G‘ani Aʼzamov, Zamondosh, Chimboy, Oltinsoy, Islomota, Gulsaro, Chuqursoy, Yangi Toshkent, Shodiyona, Ziyokor, Mirzo G‘olib, Tabassum, Tepaguzar, G‘alaba, Umid, Shon-shuhrat, Mustaqillik, Yoshlik, Chamanbog‘, Olimpiya, Jiydali, Beruniy, Hislat, Shifokorlar, Chig‘atoy Oktepa, Beltepa, Yangi Beltepa, Shodlik, Ibn Sino, Katta Jarariq va Yangi Jarariq mahallalarida issiq suv o‘chiriladi. Istiqbol va Universitet mahallalarida esa taʼminot qisman cheklanadi. Shayxontohur tumanida ishlar Jangoh, Ko‘h Ota va Labzak mahallalariga taʼsir qiladi.

5–9 oktyabr kunlari TS-6, TS-8, shuningdek, Vodnik va Sanoatenergo obyektlarida profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Ushbu davrda Mirabod, Yashnobod, Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarining qator mahallalarida issiq suv taʼminoti cheklanadi. Mirabod tumanida Baratxo‘ja, Parvona, Chinor, Yuksalish, Yangi Qo‘yliq, Tolariq, Ziyo nur, Bilimdon, Fayzobod, Sariqo‘l, Qorasuv, Oltinko‘l, Furqat va Abdurauf Fitrat mahallalari shular jumlasidandir.

Yashnobod tumanida Katta Qo‘yliq, Mumtoz va avvalgi bosqichga kiritilgan qator mahallalar, jumladan, Urtamasjid, Uysozlar, Xosiyatli, Barkamol, Beshariq, Asalobod, Fazogir, Aviasozlar, Yashnobod, Tarnovboshi, Yanginur, Donishmand, Iltifot, Parvoz, Dilbog‘, Birlashgan, Navro‘zobod, Qadriyat, Aliment, Mahmur, Tong, Vatandosh, Al-Buxoriy, Mohinur, Tuzel va Amir Temur mahallalari jadvalga kiritiladi.

Sergeli tumanida O‘zgarish, Habibiy, Mehrigiyo, Madadkor, Ziynat, Yangi Sergeli, Sohibkor, Sofdil, Nilufar, Ittifoq, Nurhayot, Sahovat, Qipchoq, Halqobod, Madaniyat, Birdamlik, Shukrona, Qo‘shqo‘rg‘on, Quruvchilar va Farog‘atli mahallalari ro‘yxatdan joy olgan.

Yangihayot tumanida Mashʼal, Navqiron, Al-Farg‘oniy, Vikor, Yo‘ldosh, Chorbog‘, Zar6dor, Do‘stlik, Charog‘on, Yorqinhayot va Xushnud mahallalarida taʼminot cheklanadi. Bektemir tumanida esa Zilola, Rohat, Mirishkor va Iqbol mahallalari jadvalga kiritilgan.

Jadvalning yakuniy bosqichi 12–16 oktyabr kunlari TS-5da o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda Chilonzor va Uchtepa tumanlarining mahallalarida issiq suv o‘chiriladi.

Chilonzor tumanida ro‘yxatga Al-Xorazmiy, Bek to‘pi, Guliston, Bahoriston, Sharaf, Sharq, Sharq tongi, Hayrobod, Yakkatut, Hirmontepa, Katta Hirmontepa, Kichik Hirmontepa, Shuhrat, Mehrjon, Mevazor, Bo‘rijar, Fidokor, Katta Navbahor, Navbahor, Ko‘tarma, Qatortol, Cho‘ponota, Nafosat, Diyop, Xalqlar do‘stligi, Dilabod, Beshchinor va Yakkabog‘ mahallalari kiritilgan. Botirma, Zarqo‘rg‘on va Lutfiy mahallalarida esa issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi.

Uchtepa tumanida vaqtinchalik cheklovlar Go‘zar, Qo‘rg‘ontepa, Xuroson, Zargarlik, Ko‘hna Chopon-Ota, Bog‘iston, Bog‘obod, Birlik, Nayman, Farhod, Tinchlikobod, Vatan, Vatanparvar, Hamdo‘st, Nurobod, Shirin, Diydor, Alixon To‘ra Sog‘uniy, Diyorobod, Yangi yo‘l, Foziltepa, Zulfizor, Xurshid, Ko‘rkamobod va Quyi Darxon mahallalariga taʼsir qiladi.

Shuningdek, Veolia Energy Tashkent mahalliy qozonxonalarda taʼmirlash ishlari olib borilayotgan ayrim hududlarda issiq suv taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.