O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Senatda Qatar Sho‘ro kengashi Raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Dilafro'z Niyazova · 04.04.2025 · 14:10 · 499 views
Senatda Qatar Sho‘ro kengashi Raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Senatda Qatar Sho‘ro kengashi Raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimzga tashrif buyurgan Qatar Sho‘ro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-G‘anim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qatar parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini yana-da jonlashtirish, oliy darajada erishilgan ikki tomonlama bitimlarning ijrosini taʼminlash va qonunchilik sohasida tajriba almashishni davom ettirishga kelishib oldilar.