Senatda Norvegiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Norvegiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Norvegiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 15-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Norvegiya Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xelen Sand Andresen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida parlamentlararo aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va tegishli qo‘mitalar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, taʼlim va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling