O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Senat va Notariat palatasi memorandum imzoladilar

UzDaily tahririyati · 22.07.2026 · 19:20 · 33 views
Senat va Notariat palatasi memorandum imzoladilar

Senat va Notariat palatasi memorandum imzoladilar

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Mazkur kelishuv notariat sohasini rivojlantirish, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish va qonun ijodkorligi jarayonlarida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.

Memorandum doirasida notarial xizmatlar sifatini oshirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish, sohani raqamlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, Qoʻmita huzuridagi ekspert va ishchi guruhlari faoliyatiga notariat sohasida tajribali mutaxassislarni jalb etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida birgalikda konferensiya va seminarlar tashkil etiladi.