O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Fuqarolarning proaktiv axboroti to'g'risidagi qonun deputatlar tomonidan ma'qullandi

UzDaily tahririyati · 22.07.2026 · 19:00 · 33 views
Fuqarolarning proaktiv axboroti to'g'risidagi qonun deputatlar tomonidan ma'qullandi

Fuqarolarning proaktiv axboroti to'g'risidagi qonun deputatlar tomonidan ma'qullandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi joriy etilishi munosabati bilan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi aholiga huquqiy axborotni zamonaviy texnologiyalar orqali tezkor, manzilli va qulay tarzda yetkazish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Muhokamalarda qayd etilganidek, bugungi kunda qonunlarning qabul qilinishi haqida har bir fuqaroni o‘z vaqtida xabardor qilish, ularning mazmun-mohiyatini sodda va tushunarli tarzda yetkazish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, huquqiy targ‘ibotning an’anaviy usullari bilan bir qatorda raqamli platformalar, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt asosidagi interaktiv tizimlardan keng foydalanish taklif etilmoqda.

Loyihaga muvofiq, davlat organlari endi o‘z faoliyati sohasiga daxldor normativ-huquqiy hujjatlarni nafaqat qabul qilishi yoki e’lon qilishi, balki ularning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish ishlarini tashkil etish uchun ham bevosita mas’ul bo‘ladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari ham o‘zlari qabul qilgan qarorlarni aholiga yetkazish va tushuntirish vazifasini amalga oshiradi.

Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni davlat organlariga yetkazish tartibi soddalashtirilib, ularni manzilli yuborish amaliyoti joriy etiladi. “Lex.uz” milliy qonunchilik ma’lumotlari bazasida joylashtirilgan hujjatlar matni bilan bepul tanishish va ulardan nusxa olish imkoniyati saqlanib qoladi. Qo‘shimcha xarajat talab qiladigan xizmatlar esa belgilangan tartibda ko‘rsatiladi.

Majlisda qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi.