O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Senat Raisi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashdi

UzDaily tahririyati · 04.07.2026 · 20:15 · 29 views
Senat Raisi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashdi

Senat Raisi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashdi  

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.

Toyvo Klaar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda parlamentlararo muloqotni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar Yevropa Ittifoqi tomonidan yuksak baholanayotganini qayd etdi.

Tomonlar Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning to‘liq kuchga kirishi o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirib, uni Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar parlamentlari tomonidan tezroq ratifikatsiya qilish muhimligini qayd etdi.

Shuningdek, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, xususan, "Inter Pares" loyihasi doirasida qo‘shma tashabbuslarni davom ettirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqotni izchil davom ettirish, parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi amaliy loyihalar bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.