Geologiya vazirligi Yaponiyaning Marubeni kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Geologiya vazirligi Yaponiyaning Marubeni kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova Yaponiyaning Marubeni Corporation kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga yadro yoqilg‘isi departamenti bosh menejeri Narita Teppei boshchilik qildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar Marubeni Corporation kompaniyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda O‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdilar. Kompaniya delegatsiyasi tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Tomonlar ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan raqamli yechimlarni joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, tog‘-kon sanoatida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.