O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O‘zbekistonda aholi zichligi 85,8 kishiga yetdi

Dilafro'z Niyazova · 25.08.2026 · 12:58 · 52 views
O‘zbekistonda aholi zichligi 85,8 kishiga yetdi
O‘zbekistonda aholi zichligi 85,8 kishiga yetdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 iyul holatiga O‘zbekiston aholisining o‘rtacha zichligi bir kvadrat kilometrga 85,8 kishini tashkil etdi. Bir yil davomida mazkur ko‘rsatkich 1,5 kishiga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mamlakatda aholi zichligi so‘nggi yillarda izchil oshib bormoqda. 2022 yil 1 iyul holatiga aholi zichligi bir kvadrat kilometrga 79,3 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 81 kishiga yetgan.

2024 yilda aholi zichligi bir kvadrat kilometrga 82,7 kishiga oshgan, 2025 yilda esa 84,3 kishini tashkil etgan.

Shu tariqa, 2022 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda aholining o‘rtacha zichligi bir kvadrat kilometrga 6,5 kishiga, yaʼni 79,3 kishidan 85,8 kishiga oshgan. Nisbiy hisobda o‘sish qariyb 8,2 foizni tashkil etgan.

2025 yil bilan taqqoslaganda esa aholi zichligi bir kvadrat kilometrga 1,5 kishiga yoki qariyb 1,8 foizga oshgan.