Senat Oliy sud raisi Baxtiyor Islomovni lavozimidan ozod qildi
Senat Oliy sud raisi Baxtiyor Islomovni lavozimidan ozod qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 18 iyun kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva raisligida Senat Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Senat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Jahongirovich Islomovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Avvalroq uni lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnoma prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis Senatiga kiritilgan edi. Amaldagi tartibga muvofiq, Oliy sud raisi davlat rahbarining taqdimnomasiga ko‘ra Senat tomonidan besh yil muddatga tayinlanadi.
Islomov 2022 yil avgust oyidan buyon Oliy sud raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning vakolat muddati 2027 yilda tugashi kerak edi, ammo qonunchilikka muvofiq, prezident taqdimnomasi asosida Senat qarori bilan vakolatlarni muddatidan oldin tugatish imkoniyati nazarda tutilgan.