O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Saudiya Arabistonida bo'lib o'tayotgan xalqaro ko'rgazma doirasida $ 15 mln dollarlik boshlang'ich kelishuvlarga erishildi

Dilafro'z Niyazova · 20.02.2025 · 12:30 · 497 views
Saudiya Arabistonida bo'lib o'tayotgan xalqaro ko'rgazma doirasida $ 15 mln dollarlik boshlang'ich kelishuvlarga erishildi
Saudiya Arabistonida bo'lib o'tayotgan xalqaro ko'rgazma doirasida $ 15 mln dollarlik boshlang'ich kelishuvlarga erishildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari "Big 5 Construct Saudi 2025" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etmoqdalar.

Ushbu ko'rgazmaning ilk kunlari doirasida elektrotexnika sanoati korxonalari $ 15 mln dollarlik eksport shartnomalarini imzoladilar.

Eksport shartnomalariga ko'ra, ilk bosqichda $ 5 mln dollarlik konditsionerlar, keyinga bosqichlarda esa maishiy texnika vositalari yetkazib beriladi.

Mazkur jarayonlar "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan reportajda batafsil yoritildi.