Sanoat va savdo vazirligi va Xitoyning CAMCE rahbari chiqindilardan energiya ishlab chiqarish loyihasini muhokama qilishdi
Sanoat va savdo vazirligi va Xitoyning CAMCE rahbari chiqindilardan energiya ishlab chiqarish loyihasini muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Xitoyning “China CAMC Engineering” (CAMCE) kompaniyasi raisi Vang Bo boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuvda chiqindilarni qayta ishlash orqali energiya ishlab chiqarish loyihasi, shuningdek, energetika, ekologiya, suv xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish va DXSh loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
UzDaily
·
👁 25 views
·
21.06.2026 · 18:15