Samarqand narkotahdidlarga qarshi xalqaro forumga mezbonlik qiladi
Samarqand narkotahdidlarga qarshi xalqaro forumga mezbonlik qiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sayohatlar uchun xavfsiz mamlakat va yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun qulay maydon sifatida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlayotgan O‘zbekiston 2026-yil 20–21-aprel kunlari Samarqand shahri “Transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish: salomatlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish” mavzusidagi xalqaro forumga mezbonlik qiladi.
BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur forumda BMT vakillaridan tashqari Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Jahon bojxona tashkiloti hamda shu kabi boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, 500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda
Xalqaro ishtirokning bunday yuqori darajasi O‘zbekistonning global miqyosdagi tadbirlarni o‘tkazish uchun ishonchli maydon sifatidagi ortib borayotgan o‘rnini tasdiqlaydi.
Forum doirasida narkotik vositalarning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha global va mintaqaviy tendensiyalar, yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlari, davolash, reabilitatsiya va ijtimoiy qayta integratsiya tizimlarini rivojlantirish, shuningdek raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan Yoshlar sammiti ham bo‘lib o‘tadi.