O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva AQSH hamkorlari bilan loyihalarni muhokama qildi

UzDaily · 17.06.2026 · 18:45 · 30 views
Saida Mirziyoyeva AQSH hamkorlari bilan loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva AQSH hamkorlari bilan loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Amerika moliyaviy institutlari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda investitsiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda AQSH Eksimbanki prezidenti Jon Yovanovich va AQSH Xalqaro moliyaviy rivojlanish korporatsiyasining bosh ijrochi direktori Ben Blek ishtirok etdi. Tomonlar O‘zbekiston va AQSH ishtirokida amalga oshirilayotgan sanoat va moliyaviy loyihalarni yana-da chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Alohida eʼtibor hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma investitsiya platformasini rivojlantirishga qaratildi.

Shuningdek, xorijiy hamkorlar O‘zbekistonga nafaqat iqtisodiy hamkorlik nuqtai nazaridan qiziqish bildirishi, balki mamlakatning tarixiy va madaniy merosi bilan ham tanishayotgani taʼkidlandi.

UzDaily · 👁 30 views · 17.06.2026 · 18:45