O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

ROX Group Buxoro viloyatida 2 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda

UzDaily · 18.06.2026 · 21:40 · 36 views
ROX Group Buxoro viloyatida 2 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda

ROX Group Buxoro viloyatida 2 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 17-iyun kuni V Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Vyetnamning “ROX Group” kompaniyasi oʻrtasida uch tomonlama Investitsiya bitimi imzolandi.

Hujjat Buxoro viloyatida umumiy qiymati 2 milliard AQSh dollariga teng boʻlgan, zamonaviy koʻp funksiyali shahar majmualarini qurish boʻyicha ikkita investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Loyiha doirasida biznes-markaz, turar joy, ijtimoiy va infratuzilma obyektlari, shuningdek, obodonlashtirilgan jamoat joylari va istirohat bogʻi zonasi barpo etiladi.

“ROX Group” - energetika, shaharsozlik, turizm va moliyaviy xizmatlar sohalarida loyihalarni amalga oshiruvchi Vyetnamning yirik koʻp tarmoqli kompaniyasidir.

UzDaily · 👁 36 views · 18.06.2026 · 21:40