Quyosh panellari 145 mingdan ortiq obyektga o‘rnatildi

Quyosh panellari 145 mingdan ortiq obyektga o‘rnatildi

Quyosh panellari 145 mingdan ortiq obyektga o‘rnatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 145 mingdan ortiq obyektda quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, ularning umumiy quvvati 2 114 MVtga yetdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Ular orasida 21 643 ta ijtimoiy soha obyekti mavjud bo‘lib, ularda 425 MVt quvvat o‘rnatilgan, 33 208 ta tadbirkorlik subyektida bu ko‘rsatkich 1 155 MVtni tashkil etadi, shuningdek, 88 489 ta xonadonga to‘g‘ri keladigan quvvat 503 MVtni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, 2 398 ta ko‘p qavatli uylarda umumiy quvvati 31 MVt bo‘lgan quyosh qurilmalari joylashtirilgan.

2026 yilning birinchi choragida kichik quyosh panellari 411 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 252 mln kVt⋅soatni tashkil etgan. Shu tariqa, o‘sish 159 mln kVt⋅soat yoki 63 foizni tashkil etdi.

Ishlab chiqarish hajmining oshishi anʼanaviy energiya resurslari isteʼmolini kamaytirish imkonini berdi. Jumladan, tabiiy gaz tejami 125 mln kub metrga yetdi, atmosferaga chiqarilishi oldi olingan zararli moddalar hajmi esa 134 ming tonnani tashkil qildi.

Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi taxminan 685 ming xonadonning o‘rtacha uch oylik isteʼmoliga teng.

Shuningdek, aholi va tadbirkorlar tomonidan o‘z ehtiyojlaridan ortiqcha holda umumiy tarmoqqa uzatilayotgan elektr energiyasi hajmi ham oshgani qayd etilmoqda. 2026 yil yanvar–mart oylarida bu ko‘rsatkich 163,7 mln kVt⋅soatga yetgan bo‘lib, bu 3,5 barobarga oshgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling