Valyuta kurslari 19/05/2025
$1 – 12917.10
UZS – -0,37%
€1 – 14460.69
UZS – -0,44%
₽1 – 160.14
UZS – -0,74%
Qidirish
Turizm 10/04/2025 Qoraqalpog‘istonda Orol mintaqasiga bag‘ishlangan Turizm haftaligi boshlanmoqda

Qoraqalpog‘istonda Orol mintaqasiga bag‘ishlangan Turizm haftaligi boshlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17 apreldan 19 aprelgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va Moynaq tumanida yirik tadbir — Orol turizm haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir mintaqa turizm salohiyatini ommalashtirish, ekologik muammolarni hal etish va Orolbo‘yi madaniy merosini asrashga qaratilgan.

Dasturning asosiy tadbirlari:

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman — «Orolbo‘yining ezgulik elchilari», unda mutaxassislar turizmni rivojlantirish istiqbollari, ekologik tashabbuslar va xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.

Jamoat aksiyalari — «10 ming qadam» va «Daraxt ekish», sog‘lom turmush tarzi va mintaqaning tabiiy muvozanatini tiklashga eʼtibor qaratishni maqsad qiladi.

Faol dam olishni xush ko‘ruvchilar uchun badminton bo‘yicha sport musobaqalari.

Gastronomik festival — «Orol balig‘idan 99 ta taom», unda mehmonlar mintaqaga xos noyob oshxonaning mazali taomlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Madaniy dastur — I.V. Saviskiy nomidagi muzey va Qoraqalpog‘istonning tarixiy yodgorliklariga ekskursiyalar.

Orol turizm haftaligi mintaqa rivoji va uning xalqaro imijini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling