O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

O‘zbekistonda turoperatorlar soni 24,3 foizga oshdi

Dilafro'z Niyazova · 13.08.2026 · 21:30 · 20 views
O‘zbekistonda turoperatorlar soni 24,3 foizga oshdi
O‘zbekistonda turoperatorlar soni 24,3 foizga oshdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasidagi boshqa tadbirkorlik subyektlari soni 2026 yil 1 iyul holatiga 3 455 tani tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 676 taga yoki 24,3 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, turizm sohasidagi subyektlar soni izchil ko‘payib bormoqda. 2022 yilda ularning soni 1 918 tani, 2023 yilda 2 071 tani, 2024 yilda 2 585 tani, 2025 yilda esa 2 779 tani tashkil etgan.

Shunday qilib, 2022 yil 1 iyulidan 2026 yil 1 iyuligacha bo‘lgan davrda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlar soni 1 537 taga — 1 918 tadan 3 455 tagacha ko‘paygan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda eng katta o‘sish 2026 yilda qayd etilgan. 2025 yil iyul oyiga nisbatan subyektlar soni 676 taga oshgan.