O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi

Dilafro'z Niyazova · 16.01.2026 · 12:10 · 1900 views
Qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi
Qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalash tartibi joriy etilishi belgilandi:

qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;

rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;

tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi.

Mazkur faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya olishda quyidagi miqdorlarda davlat boji undirilishi belgilandi:

qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish faoliyati – BHMning 10 baravari miqdorida;

tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi – BHMning 30 baravari miqdorida.