O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Protocol Capital Group transport va logistika sohasidagi loyihalarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda

Dilafro'z Niyazova · 06.08.2025 · 17:00 · 516 views
Protocol Capital Group transport va logistika sohasidagi loyihalarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda
Protocol Capital Group transport va logistika sohasidagi loyihalarga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri Ilhom Maxkamov Qatarning "Protocol Capital Group" investitsiya kompaniyasi ijrochi raisi Ahmad Abdulla Al-Jufayri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, xususan, transport infratuzilma loyihalari hamda sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi tashabbuslarni muhokama qilishdi.

Muloqot davomida yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish masalalari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning turli usullari, jumladan uzoq muddatli ishtirok etish modellari ko‘rib chiqildi.