O‘zbekiston

Prezident Samarqand viloyatiga ishchi tashrif bilan boradi

Prezident Samarqand viloyatiga ishchi tashrif bilan boradi
Prezident Samarqand viloyatiga ishchi tashrif bilan boradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni Samarqand viloyatiga ishchi tashrif bilan boradi.

Ikki kunlik safar davomida joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.