O‘zbekiston sentyabr oyida 4 tonna oltin sotib, yagona sotuvchi mamlakat bo‘ldi
O‘zbekiston sentyabr oyida 4 tonna oltin sotib, yagona sotuvchi mamlakat bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil sentyabr oyida dunyo markaziy banklari jami 39 tonna oltin sotib oldi, deb xabar berdi World Gold Council.
Eng faol xaridorlar qatorida Braziliya (+15 tonna), Qozog‘iston (+8 tonna), Gvatemala (+6 tonna) va Rossiya (+3 tonna) bo‘ldi. Turkiya, Xitoy, Chexiya va Gana oltin zaxiralarini 1–2 tonnaga oshirdi.
Yogona markaziy bank sifatida oltin sotgan mamlakat — O‘zbekiston bo‘lib, u 4 tonna oltinni sotdi. Sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra, jahon bo‘yicha oltinning sof xarid hajmi 200 tonnani tashkil etdi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 7 foizga kamdir.
World Gold Council maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentyabr oylari davomida O‘zbekiston jami 20 tonnadan ortiq oltin sotgan.