O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkentda O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

UzDaily · 25.06.2025 · 17:25 · 481 views
Toshkentda O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari Akram Aliyev Malayziya hukumat delegatsiyasining tashrifi doirasida o'tkazilgan O'zbekiston-Malayziya biznes forumida ishtirok etdi.

Tadbirga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov hamda Malayziya Bosh vazir o'rinbosari — energiya o'tish va suv resurslarini transformatsiya qilish vaziri Fadillah bin Yusuf raislik qildi.

Maʼruzachilar O'zbekistonning investitsiya imkoniyatlarini taqdim etdi, shuningdek, ishtirokchilar energetika, turizm, farmatsevtika va savdo sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashdilar.

Forum doirasida neft-gaz, qishloq xo'jaligi va savdo sohalarida imzolangan hujjatlarni almashish marosimi bo'lib o'tdi.

Shuningdek, ikki davlat biznes va davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida B2B va B2G-muzokaralari tashkil etildi.